0

Toshkentda Umraga soxta pasport bilan ketayotgan ziyoratchilar to‘xtatildi

Firibgarlar elektron vizalarni soxtalashtirgan.

Toshkentda Umraga soxta pasport bilan ketayotgan ziyoratchilar to‘xtatildi

 

Toshkentda DXX xodimlari tomonidan Umra ziyoratiga jo‘natishini aytib, qalbaki hujjatlar bilan o‘zbekistonliklarni Saudiya Arabistoniga jo‘natishni vaʼda qilgan bir guruh fuqoralar qo‘lgan olindi.

 

2021-yil 31-dekabr  kuni 40 nafar o‘zbekistonlik Umra ziyoratiga borish uchun yo‘lga chiqadi. Ular Dubay orqali Saudiyaga uchishi kerak bo‘ladi, ammo soxta xujjatlar sababli qolib ketadi.

 

Mazkur holatdan so‘ng jinoyat zanjirini topgan DXX xodimlari navbatdagi tezkor tadbirda qalbaki hujjatlar bilan ziyoratga otlangan yana bir guruh fuqarolarni Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qoldi.

 

Tezkor tadbir davomida noqonuniy yo‘lar bilan qalbaki pasport tayyorlab berish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi.

 

Aniqlanishicha, mazkur fuqarolar Saudiya Arabistoni qirolligi tomonidan Qozog‘iston Respublikasi uchun soddalashtirilgan kirish rejimi – elektron viza qo‘llanilganidan foydalanib, Umra ziyoratiga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarga muayyan haq evaziga Qozog‘istonning soxta pasportlarini tayyorlab, muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Umra ziyoratiga yuborish bilan shug‘ullanib kelishgan.

 

Ular soxta pasportlarni skanerda olingan elektron nusxasi orqali Saudiya Podshohligidan onlayn viza olib kelishgan. Ular o‘z xizmatlarini fuqarolarga 2 200 dollarga evaziga ko‘rsatib kelgan. Bundan 400 dollari viza xarajatlari, 800 dollari esa bilet xarajatlari hisoblangan. 

Mazkur shaxslar nafaqat  O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, balki Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolariga ham xizmat ko‘rsatib kelishgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Toshkentda Umraga soxta pasport bilan ketayotgan ziyoratchilar to‘xtatildi