Navoiyda "yangi bloger" chiqdi
U ko‘pdan beri “kattakon”larning ustidan yozib, evaziga pul talab qilib kelgan.

Joriy yilning 9 mart kuni N.N. fuqaro Dildora Boymurodovadan shikoyat qilib, Navoiy viloyati IIB boshlig‘iga ariza yozadi. Unda anchadan beri o‘zini bloger deb biladigan Dildora Boymurodova uni xizmat faoliyatiga oid maʼlumotlarini internet orqali tarqatib yuborishi bilan tahdid qilgani bayon etgan. Shuningdek, maʼlumotni ochiqlamaslik uchun 1 500 AQSH dollari miqdorida pul talab qilgani aytilgan.
Viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida, kecha, 9 mart kuni soat 23:40 lar atrofida "bloger ayol" fuqaro N.N.dan tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgan pullarni olayotganda qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan D.Boymurodovaga nisbatan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







