Davlat pullari to‘g‘ri sarflangan — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari
Akmal Burxonov Kinematografiya agentligi faoliyati atrofidagi “dedi-dedi”larga oydinlik kiritildi.

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 10 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Agentlik faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida maʼlum qildi. Tekshirishlar davomida Firdavs Abduxoliqov tomonidan davlat mablag‘lari o‘zlashtirilmagani tasdiqlangan.
“Men bir narsaga aniqlik kiritmoqchiman. Kinematografiya agentligi masalasida “Nima uchun maʼmuriy javobgarlik, kichkina pul bilan jinoiy javobgarlik? Qamalganlar ham bo‘lgan”, deb ko‘plab muhokamalar bo‘ldi. Bir narsani aytish kerakki, bu yerda davlat mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilgan yoki davlat mablag‘ining kimningdir kissasiga ketgan holati yo‘q.
Bu yerda xaridlarni amalga oshirishda, yaʼni tanlovni eʼlon qilishda manfaatlar to‘qnashuvi borligi to‘g‘risida xabar qilmaganligi haqida gap ketyapti. Ajratilgan pullar qonuniy ishlatilgan. Yaʼni u pullarni noqonuniy sarflash holati bo‘lmagan. Berilgan buyurtma asosida material tayyorlab berilgan.
Pullar to‘g‘ri sarflangan. Gap shu haqda ketyapti. Bu yerda aynan manfaatlar to‘qnashuvi borligi to‘g‘risida o‘zini chetlashtirmagani holati bo‘yicha maʼmuriy javobgarlik berilgan. Yaʼni shuncha pulni kimdir yeb yuborib, davlat byudjeti talan-toroj qilingani holati emas. Shuni eʼtiborga olishingizni so‘rab qolar edik.
Prokuratura idoralari tomonidan o‘rganilganda, bu mablag‘lar talan-toroj qilinmagani, agarda talon-toroj qilinganida Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilar edi”, — deydi A.Burhonov







