Eng poraxo‘r soha, hokimlik va hududlar maʼlum bo‘ldi
Ularning bosh ro‘yxatida sog‘liqni saqlash vazirlig va bank tizimi turibdi.

2021 yilda eng ko‘p korrupsion holatlar aniqlangan sohalar, 2021 yilda korrupsion holatlar hududlar kesimida, Davlat xaridlarini amalga oshirishda eng ko‘p xatoga yo‘l qo‘ygan hokimliklar haqida maʼlumot berilgan.
Bu haqda “Darakchi” xabar berdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov so‘zlariga ko‘ra:
2021 yilda eng ko‘p korrupsion holatlar aniqlangan sohalar:
1. Sog‘liqni saqlash tizimi;
2. Bank tizim;
3. Taʼlim tizimi;
Davlat xaridlarini amalga oshirishda eng ko‘p xatoga yo‘l qo‘ygan hokimliklar:
1. Navoiy viloyati hokimligi;
2. Jizzax viloyati hokimligi;
3. Andijon viloyati hokimligi.
2021 yilda korrupsion holatlar hududlar kesimida:
1. Toshkent shahri (882 ta korrupsion holatlar);
2. Toshkent viloyati (663 ta korrupsion holatlar);
3. Farg‘ona viloyati (595 ta korrupsion holatlar) aniqlangan.







