Sport

Bahodir Jalolov yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

Bokschi Dibella Entertainmentda ham faoliyatini davom ettiradi.

Bahodir Jalolov yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

 

Professional boksning og‘ir vazn toifasida (+90,7 kg) harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov Probellum kompaniyasi bilan qo‘shma hamkorlik bo‘yicha promouterlik shartnomasini imzoladi.

 

Jalolov Dibella Entertainment bilan bir qatorda Probellum kompaniyasi bilan ham ishlaydi. Hamyurtimiz Probellum doirasidagi ilk jangini 18-mart kuni polshalik Kamil Sokolovski (11-24-2, 4 KO) ga qarshi o‘tkazadi.

 

Maʼlumot uchun: Jalolov prof boksda jami 9 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan.

“Big Uzbek” so‘nggi jangini dekabr oyida kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoga qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq nokaut orqali g‘alaba qozongan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"