“Chelsi” yana bir homiysidan ayrildi
Londonliklar homiysi "Hyonde" klub bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

10 mart sanasida Buyuk Britaniya hukumati klub egasi Roman Abramovichga nisbatan sanksiya kiritdi va uning barcha aktivlarini muzlatib qo‘ydi. O‘z navbatida, rossiyalik milliarderga tegishli bo‘lgan "Chelsi" klubining ham barcha aktivlari muzlatib qo‘yilgan.
"Hyonde" so‘nggi yillarda dunyo miqyosida futbol rivoji uchun eng ko‘p qayg‘urayotgan kompaniyalardan biri. Biz "Chelsi" bilan hamkorligimiz doirasida futbolchilar, muxlislar va ommaviy futbolni qo‘llab-quvvatlay olganimiz bilan faxrlanamiz. Ammo hozirgi chigal vaziyatda barchasi o‘z iziga tushib ketmagunicha klub bilan marketing va tijoriy aloqalarimizni to‘xtatishga qaror qildik", — deyiladi kompaniya bayonotida.
Avvalroq, londonliklarning titul homiysi "Three" kompaniyasi ham klub bilan kelishuvni bekor qilgandi.








