Mbappe uchun Madridga chipta olinganmi?
"PSJ" futbolchisi Kilian Mbappe allaqachon "Real" bilan kelishuvga erishgan.

"Marca" jurnalisti Ramon Alvaresning yozishicha, fransiyalik futbolchi 30-yanvarda madridliklar bilan shartnoma imzolab bo‘lgan.
Ushbu shartnoma futbolchining yuristi va klub vakillari Xose Sanches hamda Pedro Ximenes ishtirokida imzolangan.
Avvalroq Qatar amiri 23 yoshli futbolchini jamoada olib qolish uchun unga har qanday miqdorda maosh to‘lashga tayyorligi haqida gapirgandi.








