“Chelsi”dan keyingi navbat “Vitess”ga
Rossiyalik oligarxlar futbol klublarini sotishga shoshilmoqda.

Londonning “Chelsi” klubini egasi Roman Abramovichning hikoyasi boshqa rossiyalik oligarxlarni ham jiddiy qo‘rqitgan ko'rinadi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi uchun kiritilgan sanksiyalar tufayli katta pul sarmoyasidan mahrum bo‘lishni istamaganlar klublarni sotishga shoshilmoqda.
Niderlandiyaning “Vitess” klubining asosiy aksiyadori hisoblangan Valeriy Oyf ham uni sotishga qaror qildi. zu hozirgi siyosiy vaziyat tufayli shunday qadam tashlashga majbur ekanini yaxshirmadi.
"Vitess" bilan xayrlashish men uchun juda og'riqli, ammo hozirgi vaziyatda klub, xodimlar, muxlislar, homiylar va boshqa manfaatdor tomonlar manfaatlarini ko'zlab, bu qiyin qarorni qabul qilyapman. Men har doim klub bilan juda bog'langanimni his qilardim va ajoyib o'yinlardan zavqlanardim.”, - dedi rossiyalik mutaxassis.








