Kamavinga —“Real Madrid”ning buguni va kelajagi
Klub bosh murabbiyi Eduardo Kavaminga haqida gapirdi.

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Eduardo Kamavinganing jamoadagi o'rni haqida gapirdi.
“Kamavinga bu jamoaning buguni va kelajagi. Modrich, Kazemiro va Kroos jamoani tark etsa, bizda Camavinga, Valverde kabi futbolchilar asosiy o’yinchilarga aylanadi", — deya Anchelottining so'zlaridan Marca nashri xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, Kamavinga 2021 yilning yozida "Renn" klubidan "Real"ga o'tgan edi. Transfer summasi esa 31 million yevroni tashkil etdi. 19 yoshli fransiyalik futbolchining shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar tuzilgan.
Avvalroq Gared Byelning jismoniy holati haqida ma’lumot berilgani haqida xabar berilgandi.








