O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Lvovga ko‘chirildi
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi vaqtincha Lvov shahrida joylashganligini maʼlum qilamiz.
Elchixona diplomatlari tomonidan muntazam ravishda O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Ukrainaning turli hududlarida joylashgan vatandoshlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatilgan.
Maʼlumot uchun: Elchixonaning elektron pochta manzili: embassy@uzbekistan.org.ua







