Eng dolzarb

Tashqi qarz olish yangi tartibda nazorat qilinishi mumkin

Унда корхонанинг молиявий аҳволи инобатга олинади.

Tashqi qarz olish yangi tartibda nazorat qilinishi mumkin

 

Vazirlar Mahkamasining "Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 107-son qarorida qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, 2022 yil 1 maydan boshlab:

 

— tashqi qarzni jalb qilish va uni taqdim etishni tartibga solish maqsadida davlat ishtirokidagi korxonalar, moliyaviy holatiga ko‘ra, "past xatarli", "o‘rta xatarli" va "yuqori xatarli" toifalarga avtomatik tarzda toifalanadi;

— jalb etiladigan tashqi qarz miqdori davlat ishtirokidagi korxonalarning biznes-rejasida aks ettiriladi.

— Chora-tadbirlar davlat unitar korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi 5 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va ustav kapitalining 5 foizi va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan tashqi qarzni jalb qilish va ulardan foydalanish ustidan nazorat o‘rnatishga yo‘naltirilgan.

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

 

— davlat ishtirokidagi korxonalarning jalb qilinadigan tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari (foiz stavkasi, komissiya va boshqa to‘lovlar yig‘indisi)ning yuqori chegarasi Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini taʼminlash bo‘yicha respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Respublika komissiyasi) tomonidan har chorakda belgilab boriladi;

— davlat ishtirokidagi korxonalarning tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini va boshqa hujjatlarini vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish Respublika komissiyasining ijobiy xulosasi yoki uning xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganidan keyin amalga oshiriladi.

Qaror bilan Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan tashqi qarzlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom tashqi kredit jalb qilish uchun Respublika komissiyasidan ruxsat olish hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning holati va faoliyatini monitoring qilishni tartibga soladi.

Maʼlumot o‘rnida: davlat tashqi qarzi YIM hajmining 60 foizidan oshmasligi belgilangandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 26,5 milliard AQSH dollariga yetgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Tashqi qarz olish yangi tartibda nazorat qilinishi mumkin