53 ta yog‘-moy korxonalari javobgarlikka tortildi
Samarqanddagi monitoringda huquqbuzarlik holatlari yuzasidan 55 ta yozma ko‘rsatma berilgan.

“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari sohaviy inspektorlari tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan mavjud 73 ta yog‘-moy korxonalarida monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida 51 ta yog‘-moy korxonalari faoliyati amaldagi huquqiy talablarga javob bermasligi, yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishda to‘liq texnologik sikllari, ishlab chiqarilgan yog‘-moy mahsulotlariga sanitariya epidemiologik xulosa va muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi yuzasidan 73 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan 55 ta holatda yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lib, 18 ta holatda to‘plangan hujjat qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga jo‘natildi.
Самарқанд шаҳридаги “Сабзовотнавуруғлари” МЧЖда ва Тайлоқ туманидаги “Пет Агро ойл” МЧЖда мониторинг таҳлиллари олиб борилиганда ҳар икки ташкилот ҳам қонун талаблари даражасида фаолият олиб борилаётгани маълум бўлди.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, ichki isteʼmoli bozorini sifatli va arzon yog‘-moy mahsulotlari bilan taʼminlash, jahon talablariga mos, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdir.







