Egizaklarni dunyoga keltirgan ona vafot etdi
Bu "Moxi Xossa roddom" ""tug‘ruqxonasidagi onalar bilan bog‘liq to‘rtinchi voqelik.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar tug‘ruqxonasida 22 yoshli ayol vafot etgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Aniqlanishicha, Buxoro shahrida yashagan 1999 yilda ayol 9 mart kuni tug‘ish uchun kasalxonaga kelib, egizak farzandlarni dunyoga keltirgan. Oradan 2 kun o‘tib, ayol vafot etgan.
Marhumaning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tug‘ruqxonaga ayolini olib borgan manbaaning xabar berishicha, “Sheyxoncha” mahallasida yashovchi ayol vafot etgan.Holat yuzasidan rasmiy xabar ham izoh ham olishni imkoni bo‘lmadi.
Maʼlumot uchun: 2021 yil may oyida ham homilador ayolning o‘limi bilan bog‘liq holat yuz bergan. Prokuratura tekshiruvi natijasi yuzasidan jamoatchilikka hech qanday maʼlumot taqdim etilmadi.
Hozirda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.







