Men UFC va Bellator bilan urishmoqchi emasman — Xabib Nurmagomedov
Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov "Eagle FC" promousheni haqida gapirdi.

"Bilmadim, nima uchundir matbuot meni Bellator hamda UFC promoushenlari prezidentlari Skott Koker va Dana Uayt bilan taqqoslaydi. Men Skott Kokerni anchadan beri bilaman. U San-Xosedan, men ham o‘zimni San-Xoselik deb hisoblayman. Chunki u yerda 10 yildan beri mashg‘ulot o‘tkazaman. Dana esa menga amakimdek bo‘lib qolgan.
Ular bilan munosabatlarim sizlar o‘ylagandan ham aʼlo darajada. Men shunchaki o‘z promoushenim orqali yulduzmi, yoshmi, boshqa jangchilarga ham imkoniyat taqdim etyapman. O‘rtamizda hech qanday urush yo‘q. Men UFC va Bellator bilan urishmoqchi emasman", — dedi Xabib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Konor Makgregor “Chelsi”ni sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.







