O‘zbekiston Rossiya uchun faqatgina ishonchli hamkor emas — Maksim Reshetnikov
RF iqtisodiy taraqqiyot vaziri Toshkent va Moskvani azaliy do‘stlik aloqalari bog‘lab turishini taʼkidladi.

15 mart kuni O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida O‘zbekiston — Rossiya ishbilarmonlar kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, rossiya savdo-sanoat palatasi raisi Sergey Katirin va RF iqtisodiy taraqqiyot vaziri Maksim Reshetnikov, ishtirok etgan.
Botirjon Asadov o‘sib borayotgan ikki tomonlama savdo aylanmasida qo‘shimcha qiymatli tovarlar yetkazib berish ko‘paygan. Bundan tashqari, O‘zbekiston — Rossiya hukumatlararo komissiyasi va Ishbilarmonlar kengashi faoliyatiga yuqori baho berilgan.
O‘z navbatida Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri tadbirdagi chiqishida O‘zbekiston Rossiya uchun ishonchli iqtisodiy hamkor ekanini taʼkidlagan. Reshetnikovning so‘zlariga ko‘ra, “Bizni uzoq yillirdan buyon shakllangan do‘stlik aloqalari va o‘zaro hurmat bog‘lab turadi – bu doimo bizning hamkorligimizni mustahkamlagan”.
Uchrashuv davomida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni kengaytirish masalasi muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda sayyohlik forumi bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







