Eng dolzarb

Qashqadaryoda "Tavhid va Jihod katibasi" ga qo‘shilmoqchi bo‘lgan guruh ushlandi

Guruh aʼzolari orasida MCHJ rahbari va talaba ham bor.

Qashqadaryoda "Tavhid va Jihod katibasi" ga qo‘shilmoqchi bo‘lgan guruh ushlandi

 

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Qarshi shahrida yashovchi 52 yoshli fuqaro muqaddam “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimiga aʼzo bo‘lganligi uchun 2004 — 2018 yillarda jazo muddatini o‘tagan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining yashash manzilida 1994, 1996, 1998 yillarda tug‘ilgan 3 nafar farzandi va 2000 yilda tug‘ilgan jiyani hamda 1974-1998 yillar orasida tug‘ilgan 11 nafar mahalliy fuqarolardan iborat noqonuniy guruh tashkil etib, “jihodchilar” oqimi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan.

 


Ular “Telegram” messenjerida “Shahidlar” nomli guruh tashkil etib, unga diniy ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lmish "Abu Saloh", "Abdulloh Zufar", "Sodiq Samarqandiy" va boshqalarning “hijrat”, “jihod” va “shahidlik”ka chorlovchi audio-video materiallarini joylashtirib, targ‘ibot ishlari olib borgan.

Shuningdek, guruh aʼzolari “hijrat” va “jihod” qilishga ham uringan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan mazkur noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

Dastlabki tergov-surishtiruv jarayonlarida aniqlanishicha, guruh yetakchisining ko‘rsatmasi bilan uning aʼzolari bosqinchilik jinoyatlarini sodir etish orqali yo‘l xarajatlari uchun pul yig‘ish, so‘ngra Suriyaga borib, terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Camarqandda 10 nafar terrorchi tashkilot tarafdorlari ushlangani  haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Qashqadaryoda "Tavhid va Jihod katibasi" ga qo‘shilmoqchi bo‘lgan guruh ushlandi | Zamon.uz