Surxondaryoda sobiq bank xodimi qalbaki hujjatlar bilan ishlagani aniqlandi
U kredit mablag‘larini shu yo‘l bilan o‘zlashtirgan.

Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
“Mikrokreditbank” ATB Qumqo‘rg‘on filiali sobiq xodimi Sh.A. “S.M.” MCHJ rahbari M. tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan zararni qoplash uchun topshirilgan 86,7 million so‘mning 56,7 million so‘mini kirim qilib, qolgan 30 million so‘mini o‘zlashtirgan. Firibgar tadbirkorga soxta kvitansiya taqdim qilganligi, bundan tashqari, fuqaro B.ning nomiga imtiyozli kredit ajratishga erishib, 24,5 million so‘m kredit mablag‘ini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







