Toshkent viloyatida ko‘prik yuvilib ketdi
Avtomobil yo‘li yomg‘ir suvlaridan qulab tushgan.

Davomiy yog‘ayotgan yomg‘ir natijasida “Ohangaron” daryosidagi suv odatdagidan ko‘proq hajmda oqqan.
Buning natijasida Toshkent viloyatining Pskent tumani hududidan oqib o‘tuvchi qismiga qurilgan A-373 "O‘sh - Guliston" avtomobilʼ yo‘lining 107-kilometridagi avtomobil ko‘prigiga o‘z taʼsirini ko‘satib, qirg‘oqni yuvilishiga olib kelgan.
Ko‘prikka solinayotgan xavfni bartaraf etish maqsadida, tuman hokimligi, FVB, YHXB, "Yo‘llardan foydalanish" UK va boshqa tegishli xizmatlar hamkorligida taʼmirlash tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda kuchli shamol sabab ko‘p qavatli uyning tomi ko‘chib tushgani haqida xabar berilgandi.







