Eng dolzarb

Karim Bahriyev: “Haqiqatni yozing va hech kim sizni sudga bera olmasin”

“Chimyon” sihatgohida media-forum tashkil qilindi.

Karim Bahriyev: “Haqiqatni yozing va hech kim sizni sudga bera olmasin”

 

Farg‘ona viloyati hokimligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Chimyon” sihatgohida tashkil etilgan media-forum davom etmoqda.

 

Ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, respublika ommaviy axborot vositalari bosh muharrirlari, mamlakat va xorijiy axborot agentliklari vakillari, taniqli jurnalistlar ishtirokida o‘tkazilayotgan mahorat darslari, amaliy mashg‘ulotlar rasmiyatchilikdan xoli, bahs-munozaralar ostida kechyapti.

 

Samarqand viloyati “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri, senator Farmon Toshev bosma nashrlarning jamiyat hayotidagi o‘rni xususida so‘z yuritib, ijodiy jamoalar oldida katta masʼuliyat borligini taʼkidladi. Adliya vazirligi mediamarkazi rahbari Bobur Alixonov hozirgi zamon media landshaftdagi o‘zgarishlar, rivojlantirish tendensiyalari va vazifalar xususida gapirdi.

 

 

– Bugun mediakonvergensiya muhim, – deydi u. – Matbuot sohasida faqatgina gazeta chiqarish bilan cheklanib qolish kerak emas. Gazetaning saytini yaratish, ijtimoiy tarmoqlar orqali faol axborot uzatish, televideomahsulotlar yaratish, yaʼni mavjud barcha vositalardan unumli foydalanish zarur. Gazeta tahririyatlarida ijtimoiy tarmoqlardan farqli salohiyatli jurnalist kadrlar bor. Faktlar bilan cheklanib qolmay sharh janri, tahliliy janrlardagi materiallarni ko‘paytirish zarur. Jamiyat uchun iqtisodiy, huquqiy va boshqa yo‘nalishlardagi sharhlar har doimgidan ham zarur. Axborot berish bilan birga faktlar mohiyatini ochib berishga eʼtibor qaratish, barcha sohalarning kuchli ekspertlariga suyanish ham maqsadga muvofiqdir. Shundagina jurnalistga jamiyatda ehtiyoj bo‘ladi.

 

Mediaforumda taniqli jurnalist, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘qituvchisi Karim Bahriyev jurnalistlarning qonunchilikdan xabardorligi, xalqaro huquq, kasb axloqi, kodekslar amaliyoti va ijtimoiy masʼuliyat borasida so‘z yuritdi.

 

– Jurnalistlar faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonunlar bor, ammo ular hech qachon bu qonunlar uchun sudlanmaydi, – deydi Karim Bahriyev. –Jinoyat kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga ko‘ra javobgar bo‘ladi. Shu bois ommaviy axborot vositalari xodimlari barcha qonunchilik normalarini, xususan, xalqaro huquqni yaxshi bilishlari kerak. Huquqiy bilim va malaka ish jarayonida juda zarur. Haqiqatni yozing va hech kim sizni sudga bera olmasin. Mediaforumda bu boradagi jurnalistlarning mahorati bilan o‘rtoqlashdik.

 

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov hamda "TOKIO MX" telekompaniyasi xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Nobuyoshi Shirota ishtirokida vebinar-trening esa barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Xorijlik jurnalist kunchiqar yurtdagi ommaviy axborot vositalarida xolislik meʼyorlari borasida atroflicha maʼlumotlar berdi.

 

Nobuyoshi Shirotaning taʼkidlashicha, Yaponiya mediasi ham besh turga bo‘linadi: gazeta, radio, televideniye, jurnal va elektron jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari orasida gazetalar eng ommabop hisoblanib, kuchli taʼsirga ega ekan. 1990 yildan "internet erasi" boshlangan bo‘lsa-da gazeta va radio tahlil kuchiga egaligi bois yetakchilikni qo‘ldan boy bergani yo‘q.

 

Videomuloqot so‘ngida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Muhammadjon Obidov yaponiyalik to‘rt nafar jurnalistni tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonga taklif etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Karim Bahriyev: “Haqiqatni yozing va hech kim sizni sudga bera olmasin” | Zamon.uz