Eng dolzarb

So‘nggi 5 yilda majburiy mehnatga qarshi qaratilgan 32 normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi

Senatning yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi boshlandi. Tanzila Norboyeva paxtaga qo‘yilgan boykotning bekor qilinishiga munosabat bildirdi.

So‘nggi 5 yilda majburiy mehnatga qarshi qaratilgan 32 normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi

 

“Majburiy mehnat masalasiga eʼtibor berilmagani ortidan 2009 yilda “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykot eʼlon qilgandi. Oqibatda, 330 dan ortiq yirik kompaniyalar bu taqiqqa amal qilib keldi. O‘zbekiston katta salohiyat va imkoniyatga ega bo‘lsa-da, 13 yil davomida biz bu boykotdan aziyat chekib keldik”, — deb qayd etdi Senat raisi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda majburiy mehnatni butunlay yo‘q qilishga qaratilgan katta ishlar amalga oshirildi. Xususan, eng avvalo, katta siyosiy iroda ko‘rsatildi. Ikkinchidan, qonunchilik bazasi mustahkamlandi. Norboyeva so‘nggi 5 yilda majburiy mehnatga qarshi qaratilgan 32 normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganini maʼlum qildi.

 

Tanzila Norboyeva boykotning bekor qilinishi katta ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi. Senat rahbari majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurashda faol yordami uchun vazirliklar, fuqarolik jamiyati faollari, jurnalist va blogerlarga minnatdorlik bildirdi.

Senatning yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi davom etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

So‘nggi 5 yilda majburiy mehnatga qarshi qaratilgan 32 normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi | Zamon.uz