"O‘zbekistonda oliy taʼlim” jurnali taʼsis etildi
Jurnal 4 tilda chop etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi “O‘zbekistonda oliy taʼlim” deb nomlangan yangi ilmiy jurnal faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Ijtimoiy, ilmiy-ommabop jurnal yangi formatda, yiliga 4 marta o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi. Jurnalning ilk soni Navro‘z bayrami arafasida chop etilib, mutolaa uchun keng jamoatchilikka taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.
Unda oliy taʼlim tizimidagi yangiliklar, amaliyotga joriy qilinayotgan tadqiqotlar, xorijdagi taʼlimning o‘ziga xosliklari, akademik olimlar-u yosh izlanuvchilarning ilm-fan rivoji borasidagi takliflari, tahlillari va yutuqlari o‘rin oladi.







