Eng dolzarb

Aliment pullari ota yoki onaning haqi emas, farzand uchun to‘lanadi

Ko‘pincha bolaga aliment to‘lash haqida gap ketganda, asosan, bu ishga otalarni masʼul deb bilamiz.

Aliment pullari ota yoki onaning haqi emas, farzand uchun to‘lanadi

 

Biroq oramizda ajrashgach, farzandini otasida qoldirib, o‘zi bolasining taʼminoti uchun aliment to‘layotgan onalar ham yo‘q emas.

 

Majburiy ijro byurosi Chilonzor tumani bo‘limi davlat ijrochisi Ahrorxon Rustamxo‘jayev bilan suhbatimiz aliment to‘lovchi onalar va shu haqda bo‘ldi.

 

— Oila kodeksida aliment to‘lash majburiyati, aynan, ayol yoki erkak degan chegara yo‘q. Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar tumanlarining ish yurituvida aliment to‘lovchi ayollar ham bor. Bilasizmi, sud aliment undiruvchiga majburiyat yuklaganidan so‘ng sud qarorini muhokama qilmaymiz. Tajribamdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, qarzdor alimentchilar orasida ayrim erkaklarga qaraganda ayollar mard. Ular odatda to‘lovni har doim o‘z vaqtida to‘lab keladi.

 

— Sobiq turmush o‘rtog‘ining shaxsiy hayotiga aralashib, “shantaj” qilsa, qarzdor aliment to‘lashdan voz kechishi mumkinmi?

 

— Ishxonaga borib obro‘sizlantirish yoki janjal ko‘tarish holatlar bo‘lsa, erkakning ham ko‘ngli sovib, aliment to‘lashdan bosh tortadi. Chunki erkak sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan obro‘sizlantirilgach, qasddan to‘lovni amalga oshirgisi kelmaydi. Ammo biz davlat ijrochilari shunday vaziyatlarda har doim erkakni jilovidan tortib, bir narsani eslatib qo‘yishimiz kerak: ayol qanchalik noqobil bo‘lmasin, aliment pullari farzand uchun to‘lanadi.

 

— Ota yoki ona aliment uchun to‘layotgan pullarini qayerga sarflanayotganini bilish mumkinmi?

 

— Misol uchun, qarzdor ota sobiq turmush o‘rtog‘iga to‘layotgan alimentlarini bolalarining manfaatlari uchun sarflayaptimi yoki yo‘qmi, bolalar huquqlarini himoya qiluvchi tegishli tashkilotlarga murojaat qilib tekshirtirib ko‘rishi mumkin. Chunki aliment onaning puli emas. U farzandning taʼminoti uchun undiriladigan mablag‘.

 

— Bir yoki undan ortiq erkaklardan aliment undirib, uni turmush kechirish manbaiga aylantirib olgan ayollar ham uchraydimi?

 

— Bu pullari bilan yaxshi turmush kechirish mumkinmi?! Aliment baribir maʼlum miqdorda belgilangan yoki ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bir nafar farzand uchun hozirgi kunda 750 ming so‘m atrofida aliment to‘lanadigan bo‘lsa, bu daromad manbai bo‘lolmaydi. Farzand ona qaramog‘ida bo‘lsa, taʼminot uchun qanchadir miqdorda sarflashiga to‘g‘ri keladi. Aliment olib turib, farzandini mehribonlik uyiga topshirib yuborishi mumkin emas. Bunaqa vaziyatda tegishli tashkilotlar tomonidan daʼvo ariza qo‘zg‘atilib, onani o‘zidan ham bolaning foydasi uchun aliment undirishga qaror chiqarilishi mumkin.

Fotima Nabiyeva suhbatlashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Aliment pullari ota yoki onaning haqi emas, farzand uchun to‘lanadi | Zamon.uz