“Bavariya” yetakchilari jamoani tark etadimi?
Klub boshqaruv raisi bunga javob berdi.

“Bavariya” klubi boshqaruvi raisi Oliver Kann jamoa yetakchilari Robert Levandovski, Manuel Noyer va Tomas Myullerning shartnomasi borasidagi savollarga javob qaytardi.
“Bu futbolchilarimizning “Bavariya”ni tark etishi uchun sabab ko‘rmayapman. Levandovski, Noyer va Myuller bilan hali yana bir yil davom etadigan amaldagi kelishuvimiz mavjud. Shunday ekan, sarosimalikka hojat yo‘q. Avval ham aytgandim, biz, albatta, muzokara o‘tkazamiz. Ularni tarkibda qolishi – biz uchun muhim”- degan Kann.








