Mbappening transferi “Real”ga qanchaga tushadi?
Bonuslar bilan hisoblangan umumiy narx ma’lum bo‘ldi.

"PSJ" futbolchisi Kilian Mbappening transferi "Real Madrid"ga 80 mln yevroga tushishi mumkin. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Madrid klubi fransiyalik hujumchining transferi uchun taxminan 80 mln yevro sarflashi kerak bo‘ladi. Bu pul shartnomani imzolash uchun bonusni o‘z ichiga oladi.
Mbappening "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil yozda nihoyasiga yetadi. Hujumchi boshqa klubga tekinga o‘tishi mumkin bo‘ladi.








