Salomatlik

Navro‘z dasturxonidan tanovul qilishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

SSV bu bo‘yicha aholiga murojaat bilan chiqdi

Navro‘z dasturxonidan tanovul qilishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

 

Navro‘z dasturxonidan tanovul qilishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

 

Navro‘z bayrami arafasida ayollar bahoriy ayyom dasturxonini qanday taomlar bilan to‘ldirish haqida bosh qotirayotgani sir emas. Ushbu ayyomda to‘g‘ri ovqatlanish katta ahamiyat kasb etadi? Bu borada nimalarga amal qilish kerak? Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu masala yuzasidan maslahat berdi.

 

Inson sog‘lig‘i ovqatlanishning alohida tarkibiga, mahsulotlar va taomlarning sifatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. To‘g‘ri ovqatlanish barcha maʼlum bo‘lgan kasallik holatlarining 80 foizining oldini olishda ahamiyatlidir.

 

Navro‘z ayyomi kunlarida xalqimiz ko‘klamga yetganlik shukronasi sifatida, mahallalarda bayram sayllari o‘tkazish taraddudida bo‘ladi. Shu kunlarda dasturxonga ko‘klam taomlarni bilan birgalikda o‘nlab turdagi yeguliklar, taomlar, pishiriqlar va shirinliklar qo‘yiladi. Bu esa bahorgi holsizlik bilan yuzma-yuz turgan inson organizmi  uchun ancha og‘irlik qilishi turgan gap.

 

Ovqat to‘liq hazm bo‘lmasdan turib, yana taom yeyilsa, hazm jarayoni og‘irlashadi. Chunki oshqozonda ovqat ustiga yana taom tushishi shira aralashish meʼyorini buzadi. Bu o‘z o‘rnida kishida qorin g‘uldirashi, dam bo‘lishi va lohaslik kabi holatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

 

Maʼlumki, meʼda ovqatga to‘lib ketsa, uning harakat funksiyasi yomonlashadi, natijada oshqozondagi oziq moddalarning shira bilan aralashishi qiyinlashib, hazm jarayoni izdan chiqadi.

 

Agar qorin to‘yishiga oz qolganda ovqatdan qo‘l tortilsa, kishi hazm aʼzolarining ishi yengillashadi, odam o‘zini yaxshi his qiladi va keyingi ovqatlanishga ishtaha saqlaydi.

 

 Demak, bayram kunlarida noxush holatlarga barham berish uchun, avvalo, ovqat isteʼmol qilish tartibiga rioya qilish lozim. Kun davomida sabzavotli salatlar, oshko‘klar, ho‘l mevalardan, ko‘klam neʼmatlaridan oz-ozdan isteʼmol qilingani maʼqul.

 

Tabiiy mahsulotlar ko‘proq yeyilganda 50 foiz hollarda hazm qilish aʼzolari yaxshi ishlaydi. Natijada meʼda-ichaklar ishi osonlashib, organizmning ovqat hazmiga sarflanadigan energiyasi birmuncha tejaladi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"