O‘zbekiston Rossiyaga Tu-214 samolyotlarini ishlab chiqarishni tiklashda yordam berishi mumkin
O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasida investitsiya va iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘tkazilgan davra suhbatida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

"Tu-214 samolyotini ishlab chiqarishni qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Loyiha, albatta, oson emas. O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikka ishonamiz", — dedi Tatariston prezidenti yordamchisi Ravil Zaripov.
Gap samolyotning ayrim qismlarini birgalikda ishlab chiqarish haqida ketmoqda.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyevning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent mexanika zavodida ishlab chiqarilayotgan butlovchi qismlar bazasi ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlar mavjud.
Maʼlumot uchun: G‘arb davlatlari aviatsiya sanoatiga qarshi sanksiyalar kiritganidan keyin Rossiyada Tu-214 o‘rta masofali yo‘lovchi laynerining seriyali ishlab chiqarilishini qayta tiklash bo‘yicha rejalar paydo bo‘ldi.







