Shvetsiyada o‘quvchi ikki nafar o‘qituvchini otib o‘ldirdi
Gumondor politsiyaga o‘zi qo‘ng‘iroq qilib voqea haqida aytgan.

Shvetsiya janubidagi o‘rta maktabda ikki o‘qituvchi o‘quvchi tomonidan otib o‘ldirildi.
Ushbu hodisa Shvetsiyaning uchinchi yirik shahri Malmoda yuz berdi. 18 yoshli talaba voqea joyida hibsga olingan. Politsiyaga ko‘ra, qurbonlar 50 yoshlardagi ikki ayol.
Gumonlanuvchi politsiyaga o‘qituvchilarni qanday va nega o‘ldirgani oshkor qilmagan.
Malmo politsiyasi boshlig‘i Petra Stenkula matbuot anjumanida "Hozircha bu haqda izoh berishga erta" dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ofitserlar xabar berilganidan 10 daqiqa o‘tgach, shahar markazidagi Malmo Lotin maktabining uchinchi qavatida gumondor va ikki jabrlanuvchini topgan.
Maʼlum qilinishicha, o‘q uzgan o‘quvchining o‘zi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, ikki kishini o‘ldirganini va uchinchi qavatda ekanligini aytdi.







