Qozog‘istonda A3-A4 qog‘ozning narxi keskin oshdi
Qozog‘istonda kanselyariya tovarlarini yetkazib beruvchi kompaniyalari qog‘oz qiymatini oshirdi.

Mart oyining o‘rtalarida A4 qog‘ozning upakovkasining narxi 1520 tenge edi, hozir esa 3000dan sotilmoqda:
"A3-A4 qog‘ozlari bilan vaqtinchalik cheklovlar bor. Qog‘ozga buyurtma berganda shu miqdordagi kanselyariya tovarlariga ham buyurtma berish kerak", - deyilgan ABDI kompaniyasi xabarida.
Raqobatni himoya qilish agentligi hozircha qonunbuzarliklarni ko‘rmayapti — ular qog‘oz chetdan olib kelingan, narx oshishi mumkin, deyishmoqda.







