Sport

Barsaning eng yosh musulmon yulduzi

Uni Messiga qiyoslashmoqda. Kataloniya klubi bu iste’dodga ishonadi.

Barsaning eng yosh musulmon yulduzi

 

Bugungi kunda Kataloniyaning Barselona klubida bir qator yosh iste’dodli futbolchilar yetishib chiqmoqda. Ularga Pedri, Gavi, Ansu Fati kabi futbolchilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bugun Kataloniya klubining kelajagi deya taxmin qilinayotgan Ansu Fati haqida to‘xtalmoqchimiz.

 

Oilaviy futbol “jamoasi”

 

Anssumane Fati 2002 yil Gvineya-Bisau poytaxti Bissau shahrida tug‘ilgan. Bu Gʻarbiy Afrikadagi Senegal va Gvineya o‘rtasidagi davlat. Fati 6 yoshiga qadar onasi Ludres Fati bilan Gvineya-Bisauda yashagan. Otasi Bori Fati Ansu tug‘ilishidan oldin Portugaliyaga ishlash uchun ketgan.

 

Fatining otasi sobiq futbolchi bo‘lgan. Portugaliyaga borgandan so‘ng u quyi ligalarda o‘ynab, pul topishga harakat qilgan. O‘shanda Bori portugal matbuotida Ispaniyaning Marinaleda shahridan ishga taklif etishayotgani haqida o‘qib qoladi. Shundan so‘ng u Marinalandda axlat mashina haydovchisi sifatida ishlaydi. Keyinchalik Bori Errera shahriga ko‘chib o‘tadi.

 

Fatilar oilasi jami 5 nafar boladan iborat edi. Ular Ansu, uning akalari Braima, Migel, opa-singillar Jeni va Juku. Braima va Migel ham futbolchi hisoblanadi. Braima 2019/20 yilgi mavsumda “Kalahorra” klubida ijara asosida o‘ynamoqda. Kichik ukasi Migel esa Messining o‘g‘li Tiago bilan do‘st, ular hozirda “La Masiya”da shug‘ullanishadi.

 

Ansu Fati 6 yoshida onasi bilan Erreradagi otasining oldiga ko‘chib boradi. U Errerada bolaligining ko‘p qismini o‘tkazadi va mahalliy “Peloteros de Errera” maktabida futbol o‘ynay boshlaydi. Fati 2010 yilda “Sevilya” akademiyasiga o‘tishdan oldin “Peloteros”da uch yil to‘p surgan.

 

“Sevilya”da Fatiga “Real” va “Barselona” klublari qiziqish bildiradi. Ikkala klubning skautlari Ansu uchun jiddiy kurashadi. “Real” ko‘proq pul taklif qilgan bo‘lishiga qaramay, “La Masia” direktori Albert Puig Fatini “Barselona”ga o‘tishga ko‘ndiradi. Shundan so‘ng Fati “Barselona”ga 2012 yil 10 yoshida kelib qo‘shiladi.

 


“La Liga” tarixiga o‘zgartirish kiritgan bolakay

 

Bugungi kunga qadar Fati “Barselona”ning eng yosh futbolchisi sifatida bir qancha rekordlarni o‘rnatdi. Futbolchi La Ligadagi debyutini 2019 yilning 25 avgust kuni “Real Betis”ga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. Avgust oyi oxirida “Barselona”ning hujum chizig‘ida jarohatlangan futbolchilari ko‘p bo‘lgani uchun asosiy tarkibda o‘ynaydi. O‘sha vaqtda Lionel Messi, Luis Suares va Usmon Dembele kasalxonada edi. Fati o‘sha o‘yinning 78-daqiqasida maydonga tushadi. Shu tariqa Fati klub tarixidagi ikkinchi eng yosh debyutant nomiga ega bo‘ldi. “Barsa”ning eng yosh debyutanti Visens Martines bo‘lib, u klub safida 1941 yilda “Real”ga qarshi 16 yoshu 280 kunligida debyut qilgan. Fati Martinesdan 18 kun kech debyut qilgan edi.

 

2019 yilning 31 avgust kuni Fati “Osasuna” bilan o‘yinda “Barselona” safida birinchi golni uradi. Shundan so‘ng u asosiy jamoada gol urgan eng yosh “Barselona” futbolchisiga aylanadi (16 yosh-u 304 kun).

 

2019 yilning 14 sentyabr kuni “Valensiya”ga qarshi o‘yinda Fati La Liga tarixidagi eng yosh (16 yoshu 318 kun) gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan futbolchiga aylandi. Fati o‘yinning 2-daqiqasida Frenki De Yongning uzatmasidan gol urgan bo‘lsa, 7-daqiqada De Yongga assistentlik qildi.

 

17 yosh-u 40 kunlikda o‘rnatilgan rekord

 

Fati Chempionlar Ligasidagi debyutini 2019 yil 17 sentyabr kuni 16 yoshu 321 kunligida “Borussiya Dortmund”ga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. Hamda “Barselona” safida Chempionlar ligasida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylandi. Fati 17 yoshu 22 kunligida Chempionlar ligasida o‘ynagan Boyan Krkichdan o‘tib ketdi. O‘sha o‘yinda Ansu asosiy tarkibda maydonga tushadi. 59-daqiqada esa Lionel Messiga joyini bo‘shatib beradi.

 

Fati Chempionlar Ligasi tarixidagi oltinchi eng yosh debyutantga aylandi. Chempionlar ligasining eng yosh debyutanti Selestin Babayaro bo‘lib, u 1994 yilda 16 yoshu 87 kunligida Chempionlar Ligasi guruh bosqichida “Anderlext” safida o‘ynagan.

 

2019 yilning 10 dekabr kuni Fati Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turida “Inter” darvozasiga gol urdi va Chempionlar ligasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi. Fati golni 17 yoshu 40 kunligida urgandi. O‘shanda Fati zaxiradan maydonga tushganidan bir daqiqa o‘tib “Inter” darvozasini ishg‘ol qiladi.

 

Telba-teskari o‘ylar. U Kataloniyadan ketmaydi

 

2020 yilning 3 fevraliga qadar Fati “Barselona” safida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib va jami 853 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Shu vaqt ichida u beshta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fati 2019 yilning yozida “Barselona”ni tark etishi mumkin edi. Ansu va uning otasi Barsaning kelajagiga shubha bilan qaray boshlaydi. Ular Ansuni asosiy jamoadan joy olishga loyiq deb hisoblashadi. Yozda Fati “Barselona”ni tark etishni o‘ylab ko‘rdi. Uni “Borussiya Dortmund”, “Manchester Yunayted” va “Nyukasl” sotib olishga tayyor edi. Biroq “Barselona” Fati bilan shartnomani uzaytirdi va unga asosiy tarkibda mustahkam o‘rin olish imkoniyatini berdi.

 

“Transfermarkt.com” xabariga ko‘ra, Ansu Fatining narxi 25 million yevroni tashkil qiladi. Bu 2002 yilda tug‘ilgan futbolchilar orasida eng qimmat futbolchi maqomini beradi. Ansu dunyoning chap qanot himoyachilari orasida qiymati bo‘yicha 32-o‘rinda va dunyodagi barcha futbolchilar orasida 307-o‘rindan joy olgan.

 

Fati 2019 yilning 24 iyulida “Barselona” bilan 2022 yilgacha shartnoma imzolagan edi. “Barsa” shartnomadagi banddan foydalanib, uni 2024 yilgacha uzaytirdi va futbolchining tovon pulini 100 million yevroga oshirdi. Shartnomani uzaytirgani uchun Fati 700 ming yevro miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ldi.

 

Ansuning shartnomasida bir shart bor edi. Uning akasi Braima “Barselona” bilan shartnomasini uch yilga uzaytirishi kerak edi. Shunday ham bo‘ldi. Brimaning shartnomasi 2020 yilning 30 iyunida uzaytirildi. Rodrigo Messi Fatiga shartnoma tuzishda yordam berdi. U Ansuning maslahatchisiga aylanadi. Rodrigo Lionel Messining akasi. Rodrigo Lionelga biznesda yordam beradi: u ikkita “Majesticy Messi” mehmonxonasini boshqaradi va “Bellavista del Jardín del Norte” restoranining ham egasidir.

 

Kutilmagan taklif

 

Fati 2019-yil 20-sentabrda Ispaniya fuqaroligini oladi. Kutilmaganda Ansu Braziliyada bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati uchun Ispaniyaning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasining kengaytirilgan ro‘yxatiga kiritiladi.

 

2019-yil 11-oktabrda Ansu Karles Peres jarohati tufayli Ispaniyaning 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasiga chaqiriladi. Fati 2019-yilning 15-oktabr kuni 21 yoshgacha bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi safida Chernogoriyaga qarshi o‘yinda debyut qiladi. U ushbu o‘yinning 80-daqiqasida Mark Kukurella o‘rniga maydonga tushadi. 

 

Hozirgi kunda Ansu terma jamoa va klub safida ajoyib o‘yinlarni namoyish etib kelmoqda. Asosiy tarkibdan muqim joy egallamoqda. Uning kelajagi borasida turli taxminlar mavjud. Fatini Barsa muxlislari Messiga qiyoslashmoqda. O‘zbek muxlislari uchun yana bir ma’lumot Ansu Fati musulmon hisoblanadi.

 

Muallif: Jamshidbek AMIROV

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Barsaning eng yosh musulmon yulduzi | Zamon.uz