Ta'lim

Mehnat yarmarkasida 100 nafardan ortiq talabaga ishga qabul qilish taklifi berildi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Yunusobod tumani bandlikka ko‘maklashish markazi hamda Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida 100 nafardan ortiq talabaga ishga qabul qilish taklifi berildi

 

Mehnat yarmarkasida universitetning 500 ga yaqin talabalari va 20 dan ortiq tele va radio yo‘nalishi bo‘yicha tashkilotlar hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mutasaddilari ham qatnashdi, deya xabar beradi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

 

Qayd etish kerak, joriy yilning 4 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda talabalar bandligini taʼminlash, ularning daromad topishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilangan edi. 

 

Bu yil O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini ilk bitiruvchilar tamomlaydi. Bugun tashkil etilgan mehnat yarmarkasida axborot sohasidagi o‘nlab muassasalar 100 nafardan ortiq talabani o‘z tashkilotiga ishga qabul qilish taklifini berdi.

 

Taʼkidlash joiz, joriy yilning aprel oyida AOKA hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida sohada faoliyat ko‘rsatayotgan bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa korxonalari hamda kutubxonalar vakillari ishtirokida mehnat yarmarkasi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 

custom img

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

custom img

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"