2005-yilda tug‘ilgan qiz o‘z joniga qasd qildi
Bosh prokuratura holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, Nishon tumani Islomobod ko‘chasida yashab kelgan maktabning 10 sinf o‘quvchisi xonasidagi ustunga ro‘mol bilan o‘zini osgan.
Holat 22 mart kuni 16:00 da sodir bo‘lgan.
Hozirda Nishon tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, 40 yoshli ayolning farzandlari nogironligi sabab o‘z joniga qasd qilgani haqida ma’lumot bergan edik.







