Jahon

NATO: u qanday tashkilot?

4-aprel kuni alyans tashkil etilganiga 73 yil to‘ldi.

NATO: u qanday tashkilot?

 

4-aprel — NATO tashkil topgan kun. Dunyoning eng yirik harbiy bloklaridan biri bo‘lgan tashkilot 73 yildan buyon Gʻarbning harbiy-siyosiy hukmronligini ta’minlab kelmoqda. Quyida NATO haqida ayrim faktlar keltiriladi.

 

NATO nima degani?


NATO — North Atlantic Treaty Organization – Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti ma’nosini anglatadi

 

NATOni tuzishdan ko‘zlangan maqsad nima?


Alyans sobiq bosh kotibi Andres Fog Rasmussen tashkilot tuzilishi maqsadini quyidagicha izohlagan:


“NATO xavfli dunyoda tuzilgan edi. SSSR soyasi Yevropaga tushayotgan bir paytda, Atlantika okeanining ikki qirg‘og‘idagi 12 davlat o‘z xavfsizligi va asosiy qadriyatlari: ozodlik, demokratiya, inson huquqlari va qonun ustuvorligini himoya qilish uchun birlashdi”.

 

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Sobiq Ittifoq va AQSH o‘rtasida raqobat kuchayib ketdi. Gʻarbiy Yevropa davlatlarining SSSRning harbiy-siyosiy ta’siriga tushib qolishi xavfi paydo bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vashington tashabbusi bilan harbiy blok tuzilishi harakatlari boshlanadi.

 

1948 yil martida Bryusselda Belgiya, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Niderlandiya va Fransiya o‘rtasila “Bryussel pakti” imzolandi. Bu paktga NATOning asosi deb qaraladi. Bunga parallel ravishda AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada o‘rtasida harbiy blok tuzish to‘g‘risida maxfiy muzokaralar olib boriladi.

 

Oxir-oqibat 1949 yil 4 aprel kuni 12 davlat vakillari (AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Islandiya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Fransiya) o‘rtasida Shimoliy Atlantika shartnomasi imzolandi. Aynan shu kun NATOning tashkil topgan kuni hisoblanadi.

 

 NATO qaysi urushlarda ishtirok etgan?

 

Aslida Sobiq Ittifoqni “tiyib turish uchun” tuzilgan harbiy blok “sovuq urush” davrida biror marta qurolli nizolarda qatnashmagan. Uning faolligi SSSR tarqalib ketgandan so‘ng boshlandi.

 

Xususan, ilk marta NATO 1994 yilda Bosniyadagi urushda ishtirok etdi. O‘shanda alyans serblar bilan havo to‘qnashuvida qatnashadi. Jangda faqat AQSH samolyotlari ishtirok etgan.

 

Shundan so‘ng NATOning dunyoning turli chekkalaridagi nizolardagi ishtiroki ko‘payib bordi: 1998 yilda sobiq Yugoslaviya urushi, 2001-2020 yillardagi Afg‘onistondagi harbiy amaliyot, 2011 yildagi Liviya urushi.

 

NATO va O‘zbekiston

 

1991 yilda O‘zbekiston Respublikasi Shimoliy Atlantika hamkorligi kengashiga qo‘shiladi. Shu tariqa alyans bilan rasmiy munosabatlar o‘rnatiladi.

 

1994 yilda O‘zbekiston NATOning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturida ishtirok etishni boshladi. Bundan ko‘zlangan maqsad – harbiy kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik o‘rnatish, terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishi va boshqa global tahdidlarga qarshi birgalikda qarshi kurashdir.

 

O‘zbekiston Afg‘onistondagi harbiy amaliyoti paytida alyansga ayrim amaliy yordam bergan. Xususan, 2005 yilga qadar Xonobod aviabazasidan foydalanishga ruxsat berilgan. Bundan tashqari, uzoq yillar davomida Gʻarbning Afg‘onistondagi kuchlariga ta’minot yuklari yetkazib berilishida Toshkent katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

 

NATO haqida qiziqarli faktlar

 

NATOning qudrati asosan olti davlatda to‘plangan – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Turkiya. Birgina AQSHning hissasiga alyans harbiy salohiyatining 30 foizi to‘g‘ri keladi.

 

Islandiya — NATOning o‘z armiyasiga ega bo‘lmagan yagona a’zosi

 

Sobiq Ittifoq va uning huquqiy vorisi bo‘lgan Rossiyaga turli vaqtlarda alyans a’zosi bo‘lish uchun ariza topshirgan. Xususan, SSSR 1955 yilda shunday istak bildirgan edi. Vladimir Putin esa o‘z prezidentligi boshida Moskvaning NATOga qo‘shmoqchi bo‘lgandi. Biroq har ikkala holatda ham bu so‘rovlarga “yo‘q” deb javob berilgan.

 

NATO davlatlarining umumiy harbiy byudjeti 1 trillion dollardan ortiq. Alyansning yangi strategiyasiga ko‘ra, a’zo davlatlarning har biri o‘z YAIMning kamida 2 foizini harbiy xarajatlarga ajratishi kerak.

 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"