Jahon

JSST Kongo va Ugandadagi Ebola sabab xalqaro favqulodda holat e’lon qildi

Ebolaning Bundibugyo virusi shtammi sabab kasallanish holatlari oshmoqda.

JSST Kongo va Ugandadagi Ebola sabab xalqaro favqulodda holat e’lon qildi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Kongo Demokratik Respublikasi hamda Ugandada Ebola kasalligi tarqalishi ortidan xalqaro miqyosda tashvish uyg‘otadigan sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda holat e’lon qildi.

 

JSST bayonotiga ko‘ra, tashkilot bosh direktori a’zo davlatlar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng Bundibugyo virusi sabab yuzaga kelgan epidemiya bo‘yicha tegishli qarorni qabul qilgan.

 

Tashkilot ushbu vaziyat pandemiya emasligini, biroq xalqaro darajada jiddiy xavotir uyg‘otuvchi sog‘liqni saqlash favqulodda holati sifatida baholanayotganini ta’kidlagan.

 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasining uchta hududida Ebola bilan bog‘liq deb gumon qilinayotgan 246 ta kasallanish holati qayd etilgan. Shuningdek, 80 nafar bemorning vafot etgani ma’lum qilingan. Ulardan sakkizta holat laboratoriya tekshiruvlari orqali tasdiqlangan.

 

Ugandada esa Ebola infeksiyasining ikkita holat aniqlangan bo‘lib, ulardan biri o‘lim bilan yakunlangan.

 

Mutaxassislar kasallikning yanada keng tarqalishining oldini olish maqsadida epidemiologik nazorat va xalqaro hamkorlik choralarini kuchaytirish zarurligini ta'kidlamoqda.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

custom img

9 nafar tinch aholi halok bo‘ldi: Pokiston Afg‘onistonga havo zarbalari berdi

Pokiston “terrorchilar lagerlari va boshpanalari”ga zarba berilganini ta'kidladi.

custom img

20 baravar qimmatlashdi: Yaponiyada doimiy yashash ruxsatnomasi narxi keskin oshirildi

Yangi mezonlarda daromad, pensiya, moliyaviy aktivlar va yapon tilini bilish darajasi ham hisobga olinadi.

custom img

O‘quvchilar noroziligi: 2000 kishi hibsga olindi

Fransiyada litsey o‘quvchilarining ta’lim sharoitlari yuzasidan boshlangan noroziliklari kuchaydi.

custom img

“Muzokaralarni boshlashga tayyormiz”: Putin Ukraina bo‘yicha bayonot berdi

Rossiya prezidentining qayr etilishicha, kelishuv Rossiya va uning xalqi uchun maqbul shartlarda bo‘lishi kerak.

custom img

Qirg‘iziston kosmosga chiqdi: mamlakatning ilk milliy sun’iy yo‘ldoshi uchirildi

Qirg‘iziston va BAA hamkorligida yaratilgan sun’iy yo‘ldosh ilk bor orbitaga chiqarildi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"