Jahon

Rossiyaga vizasiz kirayotgan migrantlar uchun 1 iyuldan “RuID” majburiy bo‘ladi

Yangi tartib O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya fuqarolariga ham tatbiq etiladi.

Rossiyaga vizasiz kirayotgan migrantlar uchun 1 iyuldan “RuID” majburiy bo‘ladi

2026 yil 1 iyuldan boshlab Rossiyaga vizasiz tartibda kirayotgan xorijiy fuqarolar uchun “Gosuslugi RuID” ilovasidan foydalanish majburiy bo‘ladi. Endilikda chet el fuqarolari mamlakatga kirishdan kamida 72 soat oldin elektron ariza topshirishi va tizimda ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Bu haqda “Raxmat.ru” xabar berdi.

 

Yangi tartib O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon va Gruziya fuqarolariga ham tatbiq etiladi. Avval ushbu tizim sinov rejimida ishlagan va undan foydalanish ixtiyoriy edi.

 

Shu bilan birga, Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, vizali davlatlar fuqarolari hamda Rossiyada yashash guvohnomasi (VNJ) yoki vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi (RVP)ga ega xorijliklar uchun mazkur talab amal qilmaydi.

 

Yangi qoidalarga ko‘ra, xorijliklar Rossiyaga kirishdan 90 kundan oldin emas va kamida 72 soat avval RuID orqali ariza yuborishi lozim. Favqulodda holatlarda esa chegarani kesib o‘tishdan kamida 4 soat oldin murojaat qilish mumkin bo‘ladi, biroq buning sababi tasdiqlanishi kerak.

 

Chegara nazoratidan o‘tilgach va “Gosuslugi”dagi akkaunt tasdiqlangandan keyin foydalanuvchiga maxsus QR-kod beriladi. Uni pasport bilan birga ko‘rsatish talab qilinishi mumkin. Ilova rus, ingliz, arman, qozoq, qirg‘iz, tojik va o‘zbek tillarida ishlaydi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozircha RuID’dan foydalanmaslik uchun alohida javobgarlik belgilanmagan. Biroq kelgusida bunday normalar joriy etilishi mumkin. Yurist Sergey Andreyso fikricha, QR-kodning yo‘qligi migrantlarning Rossiyada migratsion hisobga qo‘yilishida muammolar tug‘dirishi ehtimoldan xoli emas.

 

Shuningdek, keyinchalik Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 18.8-moddasi — xorijiy fuqarolarning mamlakatda bo‘lish tartibini buzish bo‘yicha javobgarlik qo‘llanishi mumkin. Mazkur modda 2 mingdan 5 ming rublgacha jarima va ma’muriy deportatsiyani nazarda tutadi.

 

Huquqshunoslar qayd etishicha, RuID tizimi Rossiya hukumatiga xorijliklarning biometrik ma’lumotlarini yig‘ish, migratsiya oqimlarini nazorat qilish va noqonuniy migratsiya xavfini kamaytirish imkonini beradi. Yangi tizim, shuningdek, qog‘oz migratsiya kartalarini bosqichma-bosqich raqamli shaklga o‘tkazishga xizmat qiladi.

 

Migratsiya bo‘yicha yurist Roman Stepanov esa RuID’dan foydalanish Rossiyaga kirish kafolati emasligini alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, chegara xizmati xodimlari istalgan xorijlikka sababini tushuntirmasdan kirishni rad etish ҳуқуқига ega va ilova bu qarorga ta’sir qilmaydi.

 

Bundan tashqari, RuID ilovasi orqali xorijliklar SNILS, INN, patent va tibbiy sug‘urta rasmiylashtirish, soliqlarni to‘lash, IIVga navbat olish, mehnat shartnomalarini tuzish hamda hujjatlar muddatini kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"