Jahon

Fransiyada Saudiya valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshlandi

Muhammad bin Salmon Al Saud jurnalist Jamol Qoshiqchining qiynoqqa solinishi va majburan yo'qolib qolishiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

Fransiyada Saudiya valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshlandi

Fransiyada Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saudga nisbatan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi va majburiy yo‘qolishi yuzasidan sud tergovi boshlandi. Bu haqda Agence France-Presse agentligi xabar berdi.

 

Fransiya Milliy terrorizmga qarshi prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, insoniyatga qarshi jinoyatlar bo‘limi tergovchi sudyasi endilikda Trial International hamda “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotlari tomonidan berilgan shikoyat asosida ish olib boradi.

Muhammad bin Salmon Al Saud jurnalist Jamol Qoshiqchining qiynoqqa solinishi va majburan yo‘qolishiga aloqadorlikda ayblanmoqda.

 

Mazkur shikoyat dastlab 2022-yilda, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasining Fransiyaga rasmiy tashrifi arafasida “Democracy for the Arab World Now” (DAWN) va Trial International tomonidan taqdim etilgan edi. Keyinchalik “Chegara bilmas muxbirlar” ham ushbu murojaatga qo‘shilgan.

 

Avvalroq Fransiya prokuraturasi tergov boshlashga qarshi bo‘lgan, biroq Parij Apellyatsiya sudi 11-may kuni tashkilotlar talabini qanoatlantirgan.

 

Jamol Qoshiqchi 2018-yil 2-oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga kirganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan edi. Keyinchalik Ar-Riyod jurnalist konsullik binosidagi mojaro oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

 

2021-yilda AQSH Milliy razvedka direktori idorasi e’lon qilgan hisobotda operatsiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi tomonidan ma’qullangani qayd etilgan. Saudiya Arabistoni esa bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.