Jahon

Eron kelishuvga rozi bo‘lmasa, qattiq zarbaga uchraydi— Tramp

Donald Tramp Tehronni AQSh bilan ehtimoliy kelishuv bo‘yicha tezroq harakat qilishga chaqirdi.

Eron kelishuvga rozi bo‘lmasa, qattiq zarbaga uchraydi— Tramp

 

Donald Tramp Eron bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, Tehronga qarshi harbiy zarbalar yanada kuchaytirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.

 

Amerika yetakchisi nashrga bergan intervyusida Vashington Eron bilan kelishuvga erishishni istayotganini, biroq Tehron hali AQSh kutayotgan pozitsiyaga kelmaganini ta’kidladi.

 

“Biz kelishuvga erishmoqchimiz. Ular hozir biz xohlagan nuqtada emas. Agar murosaga kelinmasa, ularga yanada qattiq zarbalar beriladi”, — dedi Tramp.

 

Axios ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti 19-may kuni Eron bo‘yicha keyingi harbiy variantlarni muhokama qilish uchun milliy xavfsizlik guruhi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

 

Shuningdek, nashr manbalarining bildirishicha, Tramp avvalroq vitse-prezident J. D. Vens, maxsus vakil Stiv Uitkoff, davlat kotibi Marko Rubio hamda Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliff bilan Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qilgan.

 

AQSh prezidenti avval ham Tehronni Vashington bilan ehtimoliy kelishuv bo‘yicha tezroq qaror qabul qilishga chaqirib, “vaqt juda muhim” ekanini bildirgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga qarshi harbiy zarbalar bergan. Bunga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopganini ma’lum qilgan edi. Keyinchalik tomonlar o‘rtasida vaqtinchalik sulh e’lon qilingan, biroq mintaqadagi keskinlik hanuz saqlanib qolmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"