Jahon

AQSHda ikkita qiruvchi samolyot havoda to‘qnashib ketdi

To'rt nafar ekipaj a'zosi parashyutlardan foydalanib samolyotni tark etgan.

AQSHda ikkita qiruvchi samolyot havoda to‘qnashib ketdi

 

Aydaho shtatida o‘tkazilgan aviashou vaqtida AQSHning ikki qiruvchi samolyoti havoda to‘qnashib ketdi. Hodisa Mountain Home Air Force Base hududida tashkil etilgan “Gunfighter Skies” aviako‘rgazmasining ikkinchi kuni davomida sodir bo‘lgan.

 

Times Now News xabariga ko‘ra, hodisada Boeing F/A-18E/F Super Hornet hamda Boeing EA-18G Growler samolyotlari ishtirok etgan.

 

Ma'lum qilinishicha qiruvchi samolyotlardan biri murakkab manyovrni amalga oshirish jarayonida ikkinchi samolyotga tegib ketgan. To‘qnashuvdan so‘ng uchuvchilar katapultadan foydalanib, samolyotni tark etgan.

 

Guvohlarning aytishicha, hodisadan keyin osmondan to‘rtta parashyut tushayotgani kuzatilgan.

 

Shundan so‘ng samolyotlardan biri yerga qulab tushib, portlagan. Harbiy baza ma’muriyati hodisani tasdiqlab, hudud vaqtincha yopilgani va holat yuzasidan tergov harakatlari boshlanganini ma’lum qilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.