"O‘zgidromet” havo keskin isishidan ogohlantirmoqda
"O‘zgidromet kelayotgan 5 kunlikda hududlarda quruq va issiq harorat kuzatilishini maʼlum qildi.

Sinoptiklar kelayotgan 5 kunlikda O‘zbekistonda kundan kunga harorat ko‘tarilib borishini maʼlum qildi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.
Bu kunlari joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi Mutaxassislar hatto tog‘larda ham yog‘in bo‘lmasligini prognoz qilmoqda.
Taʼkidlanishicha, 5 va 7 aprel kunduz kunlari Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryoning Turkmaniston bilan chegaradosh hududlarida harorat maksimumlari +35 darajagacha ko‘tariladi.







