Ta'lim

Andijonda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi

Bunga o‘quvchilarning hech qanday sabablarsiz ketma-ket ikki kun darsdan qochib ketishi va dars jarayonlariga qatnashmayotgani sabab bo‘lgan.

Andijonda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijondagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi, o‘quvchi qiz esa o‘zini himoyalash uchun o‘qituvchiga qarshilik ko‘rsatdi” sarlavhasi bilan tarqalgan videoxabar Andijon viloyati IIB tomonidan o‘rganilmoqda. 

 

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 5-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumani 38-umumtaʼlim maktabi to‘g‘risida tarqalgan videotasvirlar yuzasidan Asaka tumani hokimligi hamda tuman xalq taʼlimi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib o‘rganish ishlari olib borilgan.

 

Tarqalgan videotasvirlardagi holat joriy yilning 2-aprel kuni dars tugashi paytida 10-“A” sinfida sodir bo‘lgan va o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Bunga o‘quvchilarning hech qanday sabablarsiz ketma-ket ikki kun darsdan qochib ketishi va dars jarayonlariga qatnashmayotgani sabab bo‘lgan.

 

Ushbu holatdan so‘ng o‘rganish davomida tuman hokimligi hamda xalq taʼlimi bo‘limi ishchi guruhi va maktab maʼmuriyati bilan birgalikda holatga oydinlik kiritilib, o‘qituvchi R.D. va o‘quvchilar I.S., M.M., Sh.Z., va B.O‘. murosaga keltirilgan. Ayni paytda ular o‘rtasida hech qanday adovat mavjud emas. O‘qituvchi ishchi guruh tomonidan ham odob-axloq normalariga qatʼiy rioya qilishi to‘g‘risida jiddiy ogohlantirilgan. Kelgusida bunday holatga yo‘l qo‘ymaslik xar qanday masalani vazminlik bilan hal etilishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilgan.

 

Taʼkidlanishicha, o‘quvchilarning ota-onalari bilan ham suxbat olib borilib, farzandlarini doimiy dars jarayonlariga qatnashishini nazorat qilishlari to‘g‘risidan tushunchalar berilgan.

 

“Asaka tumani hokimligi o‘quvchilarning ota-onalaridan, Prezidentimiz tomonidan ustoz qadrini ulug‘lash borasida olib borilayotgan islohotlarga hamoxang tarzda o‘z farzandlarini maktabdagi dars jarayonlarida muntazam qatnashishlari va odob-ahloq qoidalariga rioya etishlarini nazorat qilib borishlarini so‘rab qoladi”, — deyiladi xabarda.

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Andijonda o‘qituvchi o‘quvchi qizni kaltakladi | Zamon.uz