YECHL. Lukaku jamoasiga yordam berolmaydi
Bu haqda klub bosh murabbiyi maʼlum qildi.

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel YECHL 1/4 final javob uchrashuvidan avval jamoa forvardi Romelu Lukaku Madriddagi bahsda maydonga tusha olmasligini maʼlum qildi.
"Jarohatlar haqida gapiradigan bo‘lsam, Kallum Hadson-Odoi hali ham bizga yordam bera olmaydi, Ben Chiluell esa uzoq muddatga safdan chiqqan.Romelu Lukaku oyog‘ining to‘piq qismidagi og‘riqlar sababli bizga yordam bera olmaydi. Sesar Aspilikueta esa safga qaytdi, u Madridda maydonga tushishi mumkin", - deya Tuxelning so‘zlarini keltirgan klub rasmiy sayti.
Maʼlumot uchun, “aristokratlar” Londonda o‘tgan 1/4 final bosqichning dastlabki bahsida “Real”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Javob o‘yini bugun Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Abramovich La Liga klubini sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.







