“Barsa” yana kuchaytiriladi
Klub bosh murabbiyi yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoani yanada kuchaytirib olish niyatida.

“SSMA” nashrining xabar berishicha, Andreas Kristensen va Frank Kessiening transferi ispaniyalik mutaxassis uchun yetarli bo‘lmayapti. Ernandes klub rahbariyatidan chap va o‘ng qanot himoyachisi, Dembele jamoani tark etgan taqdirda boshqa bir vinger hamda markaziy hujumchi olib kelishni so‘ramoqda.
Avvalroq Joan Laporta klub 2 ta transferni hal qilib bo‘lgani va yozgi transferlar oynasi vaqtida kamida 4 ta yangi xarid amalga oshirilishi haqida xabar bergandi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval kataloniyaliklar Yevropa Ligasi chorakfinalida “Ayntraxt”ga qarshi javob uchrashuvida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan va katta ehtimol bilan mavsumni sovrinsiz yakunlash arafasida turibdi.








