“Real”ning sobiq murabbiyi Zayniddin Zidan futbolga qaytmoqda
U o‘z faoliyatini yangi jamoada davom ettirmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, fransiyalik mutaxassis “PSJ”ni boshqarish bo‘yicha taklifni qabul qilib olgan va uni o‘rganib chiqmoqda.
Klub mutasaddilari ham Zidanni ko‘ndirishga jiddiy kirishgan, deb xabar bermoqda “Le Parisien” nashri. Chunki “PSJ” xo‘jayinlari jamoani Zidan boshqarsa, Kilian Mbappe hamkorlikni uzaytirishiga ishonch bildiryapti.
Zidan “Madrid” klubidan ketganidan beri Fransiya terma jamoasini boshqarish bo‘yicha mamlakat federasiyasidan taklif kutgan. Biroq, federatsiya Didye Deshamga ishonch bildirishda davom etmoqda.








