Holand bilan besh yillik shartnoma imzolandi
Futbolchi ingliz klubi bilan kelishuvga erishdi.

"Manchester Siti" Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Erling Holand bilan besh yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, “shaharliklar” Norvegiya terma jamoasining 21 yoshli futbolchisining agentlari bilan haftasiga 500 ming funt sterlingdan ortiq maosh oladigan 5 yillik shartnomaga kelishib oldilar.
Agar bu amalga oshsa, Holand Premyer-ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi va haftasiga 385 ming funt maosh oladigan "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuynedan o‘zib ketadi.
Qayd etilishicha, “shaharliklar” Holand uchun 63 million funt sterling (76 million yevro) to‘laydi va agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, transfer yaqin haftalarda yakunlanadi.







