Krishtianu Ronalduning o‘g‘li vafot etdi
Bu haqda futbolchining o‘zi bayonot berdi.


"Biz bolamiz vafot etganini chuqur qayg‘u bilan maʼlum qilamiz. Bu ota-onalar boshidan kechiradigan eng qiyin og‘riq. Faqat qizimiz tug‘ilishi bu ayriliqni biroz unuttirishga, umid va baxt bilan yashashga beradi. Biz shifokorlar va hamshiralarga malakali yordam va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiramiz. O‘g‘lim, sen bizning farishtamizsan. Biz seni har doim sevamiz", — deb yozgan Ronaldu.
Maʼlumot uchun, Ronaldu egizak farzandli bo‘lgan. Ammo o‘g‘ilchasi vafot etgan. Qizi esa hayot.







