Sport

Jinoyatda ayblangan futbolchilar

Hozirda ularning ahvoli qanday?

Jinoyatda ayblangan futbolchilar

 

Meyson Grinvud (“Manchestert Yunayted”), Benjamin Mendi (“Manchester Siti”) va Gilfi Sigurdsson (“Everton”) anchadan buyon Angliya premyer-ligasi o‘yinlarida ishtirok etishmayapti. Bunga futbolchilarning jarohati yoki murabbiylarning ishonchsizligi sabab emas, bu o‘yinchilar jinoiy ishda ishtirok etishgan va hozirda ular tergov ostida.

 

Og‘ir jinoyat qilgan Grinvud manchesterliklar safida qolmoqda

 

“Nike” brendi Grinvud bilan aloqalarni uzdi. Biroq, Manchester Yunayted futbolchiga maosh to‘lashda davom etmoqda. Grinvud bilan bog‘liq jinoyat yanvar oyining oxirida boshlangan. Uning qiz do‘sti Xarriyet Robson Instagram sahifasiga lablari shilingan va ko‘kargan joylarining fotosuratlarini joylashtirdi. Robson ushbu rasmlarga shunday post yozgan edi: Meyson Grinvud tahdid qildi va meni zo‘rladi”. 


Shundan so‘ng “Manchester Yunayted” avval dalillarni kutdi va birozdan keyin klub Grinvudni noma’lum muddatga diskvalifikasiya qilganini e’lon qildi. Bir necha kundan so‘ng futbolchi zo‘rlash va o‘lim bilan tahdid qilishda gumonlanib hibsga olindi. 2 fevral kuni Meyson tergov davomida polisiyadan garov evaziga ozod qilindi.


Shundan so‘ng Grinvudda boshqa muammolar yuzaga keldi – “Nike” brendi Meyson bilan shartnomani uzdi. “FIFA 22” “Komani eFootball” va “Football Manager 2022” futbol simulyatorlari esa uni o‘yinlardan olib tashladi. Futbolchi nomi yozilgan barcha mahsulotlar “Manchester Yunayted” onlayn-do‘konidan olib tashlandi.


“Daily Mail” nashrining ma’lum qilishicha, Grinvud “Yunayted”dan haftasiga 75 ming funt maosh olishda davom etmoqda. Aprel oyi boshida “Manchester Yunayted”ning ayrim muxlislari Meyson hamon klub veb-saytida asosiy tarkib futbolchisi sifatida qayd etilganini payqashdi. Ijtimoiy tarmoqlarda “Yunayted” hujumchini qaytarishga intilayotganini taxmin qilishdi, ammo klub buni rad etdi.


“Meysonning maqomida hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Yanvar oyida u a’zolikdan olib tashlanganidan ko‘p o‘tmay, uning profilini klub ilovasidan olib tashladik. Bu Meysonni ilovaning interaktiv elementlaridan olib tashlash uchun qilingan. Ammo uning profili hech qachon veb-saytdan o‘chirilmagan, chunki u “Manchester Yunayted” o‘yinchisi bo‘lib qolmoqda, — dedi klub rahbariyati.


Bir necha hafta o‘tgach, Grinvud “Manchester Yunayted"da mashg‘ulotlarga qaytganligi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo jurnalistlar Kris Uiler (Daily Mail) va Saymon Stoun (BBC) ularni yolg‘on deb topdi. Grinvudning garov muddati 30 aprelda tugaydi, biroq u uzaytirilishi ham mumkin. Ushbu zo‘ravonlik Buyuk Britaniyada jinoiy huquqbuzarlik bo‘lib, futbolchi uchun 5 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin. Agar Grinvud aybdor deb topilsa, “Manchester Yunayted” bilan shartnoma bekor qilinadi.

 

134 kunni hibsda o‘tkazgan Mendi


Benjamin Mendi hali ham jiddiy masala bo‘lib turibdi. 2021/22 yilgi mavsum boshida fransuz to‘rtta jinsiy zo‘ravonlikka ayblangan edi. Vaqt o‘tishi bilan ish katta jinoyatga aylandi. Mendi bularning barchasini 2020 yilning oktyabr va 2021 yilning avgust oylari oralig‘ida qilgan. 2021 yil avgust oyida Mendi hibsga olindi. U Liverpul shahridagi “HMP Altcourse” qamoqxonasiga keltiriladi. Unda B toifasidagi mahbuslar saqlanadi. 23 dekabr kuni esa futbolchi A toifadagi mahbuslar (o‘ta og‘ir jinoyatlar, hibsga olingan Manchesterdagi “Strangeways”) qamoqxonasiga olib ketiladi.


So‘ngra 2022 yil yanvar oyida Mendi garov evaziga ozod qilindi. Shu tariqa u 134 kunni hibsda o‘tkazdi. Ammo fransuz uchun cheklovlar tugamadi: Mendi har kuni polisiya nazoratida bo‘lishi kerak va qilayotgan ishlari bo‘yicha hisobot berishi shart.
Hozirda Mendi 25 iyulga belgilangan sud jarayonini kutmoqda. 


Sigurdsson ustidan sud jarayoni uch marta qoldirildi


Jinoyatdan oldin Gylfi Sigurdsson Islandiya futboli afsonasi edi. U ko‘p mavsumlarni Premyer-ligada o‘tkazdi.


2021 yilning yozida Sigurdsson voyaga yetmaganlarga jinsiy zo‘ravonlik qilishda gumonlanib hibsga olingan edi. Shundan so‘ng “Everton” darhol futbolchini diskvalifikasiya qildi. Sigurdsson ham Mendi singari garov evaziga ozod qilingan, u hozirda Islandiyadagi xavfsiz uyda sud qarorini kutmoqda.


Britaniya OAVlarining yozishicha, yarim himoyachi ko‘plab tergovlardan o‘tgan va bir necha bor so‘roq qilingan.

 

“Polisiya tomonidan bir nechta ashyolar qo‘lga olingan. U o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha so‘roqqa tutilgan”, — deb yozadi “The Sun” nashri.

 

“Daily Mail” nashrining yozishicha, islandiyalik futbolchi ustidan sud jarayoni uch marta qoldirilgan. Keyingi muddat 16 iyulga belgilangan.


Sigurdsson allaqachon 32 yoshni qarshilaganini hisobga olsak, uning futbolchilik faoliyati yakunlangan bo‘lishi ham mumkin.

 

Muallif: Jamshidbek AMIROV

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jinoyatda ayblangan futbolchilar | Zamon.uz