“Barsa” bilan “Real” YeCHLdan chetlatilishi mumkin
Jamoalar Superliga masalasi bo‘yicha jarimani to‘lamagan.

“Barselona”, “Yuventus” va “Real Madrid” superliga masalasi bo‘yicha 15 million yevro jarima to‘lamasa, 2023/2024 yilgi mavsumda Chempionlar ligasidan chetlatilishi mumkin. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.
Oldinroq sud UEFAning klublarni Superliga tashkil etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi taqiqini bekor qilgandi. Sud jarayoni 14-iyun kuni tomonlar ishtirokidagi yig‘ilishda davom ettiriladi.
Taxminlarga ko‘ra, UEFA yaqin orada klublarga nisbatan qo‘shimcha jazo choralarini qo‘llamaydi, biroq kelajakda ulardan 15 million yevro miqdorida jarima to‘lash va yevrokuboklarning bir mavsumidan tushgan mablag‘ning 5 foizini talab qiladi.
Agar “Barselona”, “Yuventus” va “Real Madrid” bu majburiyatlarni bajarishdan bosh tortsa, ittifoq ularni 2023/2024 yilgi mavsumda Chempionlar ligasidagi ishtirokidan chetlashtirishi mumkin.
Avvalroq amerikalik tadbirkor UEFA prezidentini sudga bergani haqida xabar berilgandi.








