Shoshilinch: “O‘zgidromet” sel kelish xavfidan ogohlantirdi
27-aprel kuni kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel kelishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida va Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududlarda, jumladan:
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xojaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.







