“Barselona” Niko Gonsalesni olib qoladi
Futbolchi bilan yangi shartnoma imzolanadi.

“Barselona” yarim himoyachi Niko Gonsales bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
20 yoshli futbolchining ispan jamoasi bilan shartnomasi 2024 yilda tugaydi. Ammo boshqa klublarning qiziqishi tufayli “Barselona” Niko bilan ertaroq shartnoma imzolamoqchi. Kataloniya rahbariyati yarim himoyachiga 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Niko “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt Nikoning narxini 25 million yevroga baholamoqda.
Avvalroq Jerar Pek faoliyatini qayerda yakunlashini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.








