Buxoroda o‘quvchi sumkasidan to‘pponcha topildi
Viloyatda o‘tkazilgan reyd davomida ayrim maktab o‘quvchilarining sumkasida taʼlimga daxldor bo‘lmagan buyumlar ham borligi aniqlandi.

Maʼlum qilinishicha Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmatining ko‘rsatmasi asosida maktablarda reyd tadbirlari doim o‘tkaziladi.
Joriy yil 28-29 aprel kunlari barcha umumtaʼlim muassasalarida Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Tig‘” va “Davomat” profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida ayrim maktab o‘quvchilarining sumkalarida taʼlimga daxldor bo‘lmagan buyumlar ham borligi aniqlandi. Jumladan, shahardagi 39-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabining 10-sinf o‘quvchisi sumkasida gaz ballon asosida ishlatiladigan to‘pponcha olib yurganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.







