Rossiya terma jamoasi Millatlar ligasidan chetlatildi
Bu qaror UEFA Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilindi.

Rossiya futbol klublari 2022/2023-yilgi mavsumda Yevropa musobaqalarida ishtirok etmaydi.
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Rossiya terma jamoasini ushbu mavsum uchun Millatlar ligasidagi ishtirokini to‘xtatdi.
Bu qaror UEFA Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya futbol ittifoqi rus jamoalarining barcha o‘yinlardan chetlatilishiga munosabat bildirib, bu harakatni xalqaro musobaqa me’yorlariga zid ekanini ma’lum qilgandi.








